Kerak bo’ladigan mahsulotlar
qatlama xamir | 2 ta varaq |
qo’ziqorinlar | 250 g. |
tovuq go’shtining ko’krak qismi | 250 g. |
piyoz | 5 dona. |
sabzi | 2 dona. |
zaytun moyi | 3 osh qoshiq. |
sarimsoq | 3 dona |
rozmarin | 2 ta novdalar |
yog’li slivka | 30 ml. |
tuxum sarig’i | 1 dona. |
qattiq pishloq | 40 g. |
sariyog’ | 10 g. |
tuz | ta’mga ko’ra |
murch | ta’mga ko’ra |
oliy navli dilbar un bilan idealdir
1-qadam::
Gaz pechini 200 darajaga oldindan qizdiring. Pishirish idishlarini zaytun moyi bilan yog’lang. Sabzavotlar, tovuq va qo’ziqorinlarni mayda to’g’rab oling.
2-qadam::
Tovada zaytun va sariyog’ni qizdiring, piyoz hamda sabzi qo’shing va 5 daqiqa davomida qovuring. So’ng sarimsoq bilan qo’ziqorin qo’shing. Yana 5 daqiqa dimlang.
3-qadam::
Tayyor aralashmaga tovuq, rozmarin, ta’bga ko’ra tuz va murch solib o’rtacha olovda 15-20 daqiqaga qoldiring. Muloyimlik ila slivkani qo’shib, aralashtiring, olovda 5 daqiqaga qoldiring — aralashma quyuqlashishi kerak.
4-qadam::
Qatlama xamirdan kerakli miqdordagi doiralarni kesib ularni pishirish uchun shakllarga soling, xamirga ko’pirtirilgan tuxum sarig’ini surtib chiqing, to’ldirmani soling, ustini xamir doirasi bilan yoping va oldindan qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishiring.
5-qadam::
Tayyor pirokni maydalangan pishloq bilan seping.