Kerak bo’ladigan mahsulotlar

Suv 400 ml
"Dilbar" bug'doy uni ta’mga ko’ra
Qo’y go’shti filesi 1 kg
Piyoz 1,5 kg
Dumba yog'i 200 g
Tuz 1 osh qoshiq
Maydalangan qora murch ta’mga ko’ra
Zira ta’mga ko’ra
Maydalangan qizil murch ta’mga ko’ra
Oq piyoz ½ kg
un image

oliy navli dilbar un bilan idealdir

recipe image

1-qadam:

xamirni tayyorlash uchun suvni muzlatgichga 30 daqiqaga olib qo’ying. Suv muzdek bo’lishi kerak. Suv bo’lgan idishda tuzni eritib, asta-sekin “dilbar” bug’doy unini qo’shing. Qattiqroq bo’lgan xamir qoring: u elastik bo’lishi kerak va qo’llaringizga yopishmasligi lozim. Xamirni to’p shakliga keltirib, paketga solib, 30 daqiqaga muzlatgichga olib qo’ying.

recipe image

2-qadam:

to’ldirma uchun go’shtni 0,5*0,5 sm bo’lgan kubik shaklida kesib oling. Dumba yog’ini ham kesib oling, lekin uni go’shtga qo’shmang uni osonroq kesish uchun ozgina muzlatish kerak. Piyozni ham kubik shaklida kesib oling va go’sht bilan birlashtiring. Yaxshilab aralashtirib tuz va ta’mga ko’ra ziravorlar qo’shing so’ng yana yaxshilab aralashtiring.

recipe image

3-qadam:

mantiqosqonni gaz plitasining ustiga qo’ying, avval uning yuqori qismidan qatlamlarni olib qo’ying. Pastki qismiga ko’proq suv quying, keyinchalik yana suv qo’shmaslik uchun. So’ng qaynatish uchun gaz plitasiga qo’ying.

recipe image

4-qadam:

Sovutilgan xamirni muzlatgichdan oling. Xohlasangiz, unga yana ishlob berib muzlatgichga olib qo’ying.

recipe image

5-qadam:

tayyor xamirni taxminan 5*5 sm qalinlikdagi bo’laklarga kesib chiqing. Keyin ularni to’plar shakliga keltiring va 1 mm qalinlikdagi aylanalar hosil qiling. Aylananing qirralari o’rtasiga qaraganda ingichkaroq bo’ladi. So’ng uning o’rtasiga taxminan 1 osh qoshiq go’shtli to’ldirma va 2 dona dumba yog’idan qo’shib, manti tuging. Eng muhimi, mantilarning qirralarini yaxshiroq chimchilash, aks holda ular ochilib ketadi.

recipe image

6-qadam:

mantiqosqonning har bir qatlamini o’simlik yog’i bilan yog’lang. Keyin mantiqosqonning barcha qatlamlarini mantilar bilan to’ldiring va qavatlarni qosqon ichiga soling. Qopqoqni mahkam yopib 40-50 daqiqa davomida pishirish uchun qoldiring. Pastki qismdagi suv qaynab, yo’q bo’lib qolmasligi uchun vaqti-vaqti bilan suv miqdorini telshirib turing. Suv yetarlicha kuchli qaynashi kerak.

recipe image

7-qadam:

50 daqiqadan so’ng, qatlamlarni olib ehtiyotkorlik ila mantilarni idishga o’tkazishni boshlang. Xohlasangiz har bir mantini sariyog’ bilan yog’lang. Mantilarni 1-portsiya, ya’ni 3 donadan likopchaga solib, ustidan piyoz sepib dasturxonga torting. Shuningdek smetanali sousni (smetana, sarimsoq va kashnich) tayyorlashingiz mumkin.