Kerak bo’ladigan mahsulotlar
katta piyoz | 3 dona. |
katta sabzi | 1 dona. |
pomidor | 3 dona. |
o'simlik yog’i | 50 ml |
to’g’ralgan ukrop | 1 osh qoshiq. |
to’g’ralgan kashnich | 1 osh qoshiq. |
to’g’ralgan petrushka | 1 osh qoshiq. |
tuz, murch | ta’mga ko’ra |
"dilbar" bug'doy uni | 500 g |
tuxum | 1 dona. |
suyaksiz qo'y go'shti | 500 g |
maydalangan kashnich ziravori | 1 choy qoshiq |
maydalangan zira | 1 choy qoshiq |
dumba yog'i | 100 g |
oliy navli dilbar un bilan idealdir
1-qadam:
xamir uchun “dilbar” bug’doy unini tuz bilan elakdan o’tkazing, tuxumni 200 ml suv bilan yaxshilab aralashtiring. Suyuqlikni unga to’kib silliq xamirni qoring. So’ng uni oziq-ovqat plyonkasiga o’rab muzlatgichga 30 daqiqaga olib qo’ying.
2-qadam:
to’ldirma uchun qo’y go’shtini maydalang. Piyozni ham tozalab maydalang. Go’sht, piyoz va ziravorlarni muloyimlil ila aralashtiring. 20 daqiqaga olib qo’ying.
3-qadam:
sous uchun piyoz, sabzi va pomidorni mayda kubik qilib to’g’rab oling. Qalin devorli tovada yog’ni qizdirib oling va piyozni qovuring, 5 daqiqadan so’ng sabzi qo’shing, yana 6 daqiqadan so’ng pomidorlarni solib tuz hamda murch seping. Vaqti-vaqti bilan aralashtirib, sabzavotlardan chiqgan sharbat bug’lanib ketguncha pishiring. 1 litr suv quyib qaynatib oling, olovni kamaytirgach qopqoqsiz 20 daqiqa davomida pishiring.
4-qadam:
Xamirni 3 qismga bo’ling. Bittasini juda yupqa qilib yoying qolgan ikkitasini nam sochiq bilan yopib qo’ying. Yoyilgan xamirni 4x4 sm kvadratlarga kesib oling, o’rtasiga 1 osh qoshiq to’ldirma soling va uchburchak hosil qilish uchun xamirni diagonal ravishda buking. Nam qo’llar bilan qirralarni yaxshilab yopishtiring. Markaziy burchakni ko’taring, qirralardagi burchaklarini bir-biriga yopishtiring.
5-qadam:
Chuchvarani unli laganda qator qilib taxlang. Qolgan xamirdan ham chuchvara tayyorlang.
6-qadam:
Chuchvarani tepaga suzib chiqmaguncha sousda portsiyalarga bo’lib pishirib oling. Smetana yoki qaymoq bilan dasturxonga tortishingiz mumkin.